Yozyovonda 10 ta ehtiyojmand oila uyli bo‘ldi
Farg‘ona viloyatida mustaqilligimizning 30 yillik bayramini ko‘plab oilalar yangi uylarda nishonladi. Xususan, Yozyovon tumanidagi Ahillik mavzesida tumanda ilk bor to‘rt qavatli uy egalariga topshirildi. "Vodiy invest fayz" mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari bunyod etgan 24 xonadonning 10 tasi kam ta’minlangan, nogironi bor oilalarga dastlabki to‘lovi byudjetdan to‘lanib, tuhfa qilindi.
Yangi uy topshirilishi marosimida tuman hokimi Dilshodjon Jalilov boshliq sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Hokim Prezidentimiz qarorlari asosida imtiyozli uy olgan fuqarolarni tabrikladi. Quruvchilarga minnatdorlik belgisi sifatida to‘n, do‘ppi kiydirildi.


Xonadonlar kalitlari yangi uy egalariga tantanali topshirildi.
M. Sulaymonov,
O‘zA