Yozua Kimmix: Men jamoamizda o‘zgacha energiya ko‘ryapman
Agar biz bor kuchimiz bilan harakat qilsak, chin yurakdan, qat’iyat va ishtiyoq bilan o‘ynasak mundialda g‘olib bo‘lishimiz mumkin.
Germaniya terma jamoasi sardori Yozua Kimmix jahon chempionatining 1-tur o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz Germaniyani yana faxrlantirmoqchimiz. Bu bizning asosiy maqsadimiz. Bu mundialda butun boshli mamlakatimiz nomidan ishtirok etayotganimizni ich-ichimizdan his qilib turibmiz. Germaniya uchun yirik turnirlarda ishtirok etish o‘zgacha zavq beradi. Sardor sifatida esa mas’uliyatni ikki hissa oshiradi. Men jamoamda boshqacha energiya ko‘ryapman. Agar biz bor kuchimiz bilan harakat qilsak, chin yurakdan, qat’iyat va ishtiyoq bilan o‘ynasak mundialda g‘olib bo‘lishimiz mumkin. Albatta maydonda qiyinchiliklar ham bo‘ladi. Mamlakatimiz bizni qo‘llab-quvvatlayotganini bilish bizga juda katta yordam beradi", - dedi Kimmix.
Germaniya terma jamoasi mundialdagi ilk o‘yinini bugun Kyurasaoga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv 22:00da start oladi.