FOTOREPORTAJ
Ta’til vaqtida yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — bugunning dolzarb masalalaridan. Ushbu maqsad ijrosi yuzasidan Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida yoshlar uchun nemis va fransuz tillari bo‘yicha bepul to‘garaklar tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotlar sohaning malakali mutaxassislari tomonidan universitet bazasida, haftaning belgilangan kunlarida o‘tkaziladi. To‘garaklardan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchi-yoshlarda xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, lingvistik savodxonlikni oshirish va ta’tilni samarali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat.
E’tiborlisi, ushbu to‘garaklarda ishtirok etish uchun yosh chegarasi belgilanmagan — til o‘rganishga bo‘lgan xohish kifoya. Qiziquvchan, ilmga chanqoq har bir yosh ushbu imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
Bunday tashabbuslar yoshlar uchun nafaqat til o‘rganish imkoniyatini beradi, balki dunyoqarashni kengaytirish, muloqot qilish madaniyatini shakllantirish va yangi ezgu maqsadlarga yo‘l ochishga xizmat qiladi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/imcnzEVrLQ8" title="Yozgi ta’til — xorijiy tillarni o‘rganish uchun yangi imkoniyatlar eshigi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA