Ma’lumki, joriy yilning 2-5 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq ob-havo oqimlari kirib kelishi natijasida shu kunlari mamlakatimizda anomal issiq kuzatildi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurovning SSV matbuot xizmatiga ma’lum qilishicha, o‘tgan haftada, ya’ni anomal issiq kuzatilgan davrda respublika bo‘yicha tez tibbiy yordam xizmatiga jami 247 ming 459 ta chaqiriq kelib tushdi. Ularning 172 ming 676 tasini shoshilinch ko‘rsatma, 65 ming 163 tasini esa surunkali kasalliklar bilan bog‘liq murojaatlar tashkil etdi.  

Qayd etilishicha, tegishli mas’ul tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarga anomal issiq havo sharoitida ehtiyot choralarini ko‘rish to‘g‘risida berilgan tavsiyalar tufayli chaqiriqlar soni undan oldingi hafta (24-29 iyun)ga nisbatan 1,2 foizga kamaygan.  

– Odatda, yoz faslida yurtimizda mintaqamizga xos bo‘lgan quruq issiq kuzatiladi, – deydi mutaxassis. – Ayniqsa, so‘nggi kunlarda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham yuqori harorat saqlanib qolmoqda. Albatta, bunday paytda, eng avvalo, surunkali kasalligi bo‘lgan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar, yosh bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi.  Shu bois, ular sog‘lig‘ini tibbiy nazoratga olish, zarurat bo‘lganda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish lozim. Ayniqsa, issiq havoda surunkali xastaliklar xuruj qilishini e’tiborga olsak, “Tez yordam” xizmati xodimlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi.  

Darvoqe, zarurat bo‘lmasa, jazirama payti tashqariga chiqmaslik, tez-tez suyuqlik ichish, imkon qadar yog‘li, dudlangan taomlar tanovul qilmaslik, aksincha, ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.    

Mohigul Qosimova tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoz-2025: anomal issiq kunlari “103” xizmatiga 247 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi