“Youth Eco Patrol” – yoshlardan ekologik tashabbus
“DMO Karakalpakstan” jamoat birlashmasi va uning qoshidagi Qoraqalpog‘istonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha yoshlar klubi tashabbusi bilan “Youth Eco Patrol” ekologik aksiyasi o‘tkazildi.
Nukus shahrida joylashgan “Istiqlol” bolalar dam olish markazida tashkil etilgan ushbu tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetining “Tourism Club” va “Economists” klublari a’zolari ham aksiyada faol ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilari tozalikni ta’minlash, yoshlar orasida ekologik madaniyatni targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shdi.

“DMO Karakalpakstan” jamoat birlashmasining “Youth Eco Patrol” kabi tashabbuslari yoshlarda ekologik ongni oshirish va tabiatni asrash madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.