Qishloqda aholi tomorqalarida limon parvarishlash bundan 15-20 yillar oldin tajriba sifatida boshlanganda Rustam aka pomidor yetishtirish bilan shug‘ullanar edi.

Keyinchalik agronom qo‘shnisining limonzorini ko‘rib, undan ko‘chat oldi. Agrotexnika sirlarini o‘rgandi. Axir hamma ham birdek yaxshi hosil yetishtirishni bilmasdi-da, u vaqtlarda. Endi esa Rustam Donaev Xalqobod qishloqidagi eng mirishkor oila sohibi, limon yetishtirish borasida katta tajribaga ega usta dehqonlardan biri.

Uning xonadonidagi termos usulida isitiladigan 3 sotixli issiqxonada yiliga o‘rtacha 3 tonna limon yetishtiradi. 5 sotixdagi pomidordan ham mo‘l hosil olmoqda. Bunga qo‘shimcha ravishda mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan ishlov berish, limon ko‘chatlari yetishtirib sotish bo‘yicha ham qo‘shimcha daromadi bor.

– Mehnat qilgan odamga tomorqa bamisoli xazina, – deydi R. Donaev. – Farzandlarim tomorqada mehnat qilib charchamaydi. Mehnatga mehr qo‘yib, uquvli bo‘lib voyaga yetmoqda. O‘zim kelsak, ham mehnat qilaman, ham dam olaman. Endi esa mini muzlatgich qurish niyatim bor. Negaki, foyda o‘zimda ko‘proq qolishi kerak. Bugun bozorda bir kilogramm limon 10 ming so‘m atrofida. Keyinchalik, u 20 mingdan ham oshadi. Uni parvarish qilib, sotgan dehqondan ko‘ra, saqlab turgan odamlar ko‘proq foyda qilmoqda.

Albatta, mehnat qilgan inson shunga yarasha manfaatdor bo‘lishni istaydi. R. Donaev tomorqadan unumli foydalanishdan tashqari chorvachilikni ham yo‘lga qo‘ygan. Bunda ekinlar orasida chiqqan begona o‘t-o‘lanlar ham dehqon foydasiga xizmat qiladi.

– Qishloq sharoitida chorvaga ko‘p ham yem xarid qilmaymiz, – deydi tomorqachi. – Tomorqa va dala chetlaridagi ozuqa yetarlicha bo‘ladi. Pomidor orasiga ekilgan makkajo‘xori ham bu borada qo‘l keladi. Ana shu ozuqalarni soatga qarab, rejim bilan berib, har yili o‘nta qoramolni boqib, sotamiz. Bu yilgi daromad hisobidan xorijdan qoramol olib kelmoqchimiz.

Chorva uchun ozuqaning qimmatlashayotgani go‘shtning bahosiga ta’sir qilayotgani haqida aytib, zarar ko‘rishdan qo‘rqmaysizmi? degan savolimizga Rustam aka “Yoshligimdan shunga o‘rganganman, ko‘rib turibsiz, zarar ko‘rganim yo‘q, foydasi borki, chorva bilan ham shug‘ullanib kelmoqdaman”, deya javob berdi.

Uzoqni ko‘zlagan R. Donaev Prezident qarori bilan ta’sis etilgan “Namunali tomorqachi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘lish istagida qamishdan belbog‘ bog‘lab mehnat qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yoshligimdan shunga o‘rganganman, ko‘rib turibsiz, zarar ko‘rganim yo‘q”
Жамият
14:54 / 24:09:2019