Bugungi kunda volontyorlik faoliyati rivojlanib bormoqda. Dunyo bo‘yicha 10 foizdan ko‘proq inson volontyorlik faoliyatini olib bormoqda.

Bu borada mamlakatimizda ham volontyorlik faoliyati keng quloch yoyib borayotgani quvonarlidir. Ayniqsa, volontyorlik faoliyati yoshlar orasida ham kengayib, ko‘ngilli sifatida turli sohalarda ko‘maklashayotgan yoshlar safi besh karraga ko‘paydi. 

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi. 

Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida ana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi. 

Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinishi, ushbu jamg‘armaga har yili byudjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ berilishi aytib o‘tildi. Bunga qo‘shimcha ravishda viloyat hokimlari ham mahalliy byudjetdan 3 milliard so‘mdan ajratishi ta’kidlandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Madina Baratova bu haqda o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 

Batafsil quyidagi videohavolada. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zc0KeRlVHA8" title="Yoshlarning volontyorlik tashabbuslari qo`llab-quvvatlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,
Anvar Ahmedov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarning volontyorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi (+video)