Yoshlarning muammolari tinglandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Sh.Aminov “Yoshlar kuni” munosabati bilan Qonliko‘l tumanidagi prokuror otalig‘iga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Bevosita muloqot shaklida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarning muammolarini tinglab, ulardan lozim bo‘lganlarini ijobiy hal qilish, qiziqishlari, olgan bilim va hunarlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash yoki kasbga yo‘naltirish, yoshlarga yurtimizdagi xalqchil islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida to‘liq tushuntirish berishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, yoshlar ongida Vatanga sadoqat, kelajakka bo‘lgan ishonch, ularda kuchli ma’naviy-ruhiy immunitetni shakllantirish, adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish hisoblanadi. Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oqibatlari yuzasidan fikrlar almashildi. Yoshlarning murojaat va takliflari tinglandi.
Shundan so‘ng, tuman prokurori tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan taqdimot qilindi. Bundan tashqari, yozgi dam olish vaqtida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi borasidagi qilingan ishlar, qo‘shimcha fan to‘garaklarining faoliyati bilan tanishildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri