Yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash: diplom emas, amaliy ko‘nikma hal qiladi
Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yosh kirib kelmoqda va bu ko‘rsatkich kelgusi o‘n yilda 1 millionga yetishi kutilmoqda. Ulkan demografik imkoniyat bo‘lgan bu salohiyat yetarli ish o‘rinlari va sifatli amaliy tajriba bilan ta’minlanmasa, jiddiy ijtimoiy bosimga aylanishi mumkin.
Bugungi kunda ilk bor ishga kirayotgan yoshlarning qariyb 70 foizi nazariy bilimni amaliyot bilan bog‘lashda qiynalmoqda, chunki an’anaviy ta’lim dasturlari ko‘pincha mehnat bozori talablaridan orqada qolmoqda.
Mazkur mavzu "Iqtisod +"dasturining navbatdagi sonida muhokama markazida. Ekspertimiz O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muhtor Umarov bilan batafsil savollarga javob olamiz.
Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, O‘zA