Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filialida “Saylov-2021: Kelajaging uchun ovoz ber” shiori ostida Yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda “Targ‘ibot poyezdi” loyihasi doirasida Toshkent shahridan tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirok etdi.

Forum avvalida so‘z olganlar tomonidan saylov komissiyalari faoliyati, saylov qonunchiligi, siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtiroki xususida so‘z bordi. Tadbir davomida targ‘ibotchilar guruhi tomonidan qiziqarli savollar asosida turli viktorinalar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Bahslarda oliy ta’lim muassasalari talabalaridan iborat jamoalar saylov qonunchiligiga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali iqtidorli talabalari g‘olib, deb topildi.

[gallery-4283]

– Saylov oldi targ‘iboti olib borilishi mamlakat fuqarolarining hayotida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti muhandislik texnikasi fakulteti dekani o‘rinbosari O‘lmas To‘rayev. – Shunday ekan, bugun viloyatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari yoshlari, professor o‘qituvchilari va poytaxtdan tashrif buyurgan targ‘ibot karvonining yo‘lga chiqishi, mamlakatimizda kechayotgan saylovoldi targ‘ibot ishlarining yanada yuqori cho‘qqiga chiqishiga xizmat qiladi. Bundan ko‘zlangan ikkita maqsad bor: birinchidan, talaba yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatning o‘ziga xos saylovoldi platformasini yaratishga xizmat qilsa, ikkinchidan, mamlakatimizda 24 oktyabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni munosabati bilan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining yanada mazmunli, samarali bo‘lishiga hissa qo‘shadi.  Har bir talaba yosh o‘ziga xos bo‘lgan mana shunday fuqarolik pozitsiyasini namoyish etishga harakat qiladi va targ‘ibot tadbirlariga o‘z hissasini qo‘shadi.

Ta’kidlash joizki, forumda Qarshi Davlat universiteti, Qarshi muhandislari-iqtisodiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarni bir manzilga jamlagan forum