Mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlash, talabalar o‘qish va amaliyotni birga olib borishi uchun keng qulayliklar yaratilmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar va mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari tomonidan ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Young Professional Internships Program” dasturi ham ana shunday maqsadga qaratilgan.

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashlari tomonidan ilgari surilgan mazkur tajriba orttirish dasturi o‘zbekistonlik 70 nafar biznes va aniq fanlar bakalavriat yo‘nalishi talabalariga samarali amaliyot o‘tash imkonini beradi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan tadbirda elchixona vakillari va loyiha ishtirokchilari to‘plandi.

Mingdan ortiq da’vogar talaba orasidan saralab olingan, eng yuqori ko‘rsatkichga ega 70 kishi uch oy mobaynida kichik va o‘rta korxonalarda, mahalliy va xalqaro kompaniyalarda malakali mutaxassislardan ish o‘rgandi, haftalik kasbiy rivojlanish sessiyalarida ishtirok etdi.

“Young Professional Internships Program” oliy ta’lim, mehnat resurslarini tayyorlash, XXI asr shaxslar aro muloqot qobiliyatini shakllantirish, Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi mavjud iqtisodiy munosabatlarga hissa qo‘shish maqsadini ko‘zlagani, yosh biznesmenlar tayyorlash, ularning rivojlangan kompaniyalarda tajriba orttirishi va ishlashini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Respublikamizda 2020 yildan hozirgi kunga qadar 165 nafar o‘quvchi dasturni muvaffaqiyatli yakunladi. Ahamiyatlisi, o‘z sohasida yetakchi, asosan hududlardan kelgan bu yoshlar – turli soha vakillari xalqaro va mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlari, moliyaviy texnologiya sanoati, marketing, injiniring singari muhim yo‘nalishlarna ixtisoslashgan 30 ta kompaniyaga joylashtirildi. Ushbu tashabbus orqali ilg‘or G‘arb tajribasini ommalashtirish, professional va ta’lim tarmog‘ini yaratish ko‘zda tutilgan.

Yozgi tajriba oshirish davomida ishtirokchilar tadqiqot olib borish, ma’lumotni tahlil qilish, buxgalteriya hisobi kabi zarur kasbiy hamda shaxslar aro muloqot, madaniyatlar aro jamoaviy ishlash, tanqidiy fikrlash kabi kommunikativ ko‘nikmani mustahkamladilar. Egallangan kasbiy ko‘nikma va maqsadni bo‘lajak ish beruvchiga aniq bayon qilish, yetkazishni o‘rgandilar. Bundan tashqari, ular ishbilarmonlik amaliyoti va madaniyatini o‘zlashtirib, guruh sifatida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar, murakkab va maqsadli karera qiziqishini rivojlantirdilar, o‘zlarini xalqaro darajadagi ish muhitiga tayyorladilar.

[gallery-19070]

– Yirik kompaniyalardagi 3 oylik amaliyot davomida haqiqiy ofis muhitini his qilgan holda ham kasbiy, ham shaxsiy ko‘nikmamizni oshirdik, – dedi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 4-bosqich talabasi Gulnoza Namozova. – Bundan tashqari, O‘zbekistondagi katta kompaniyalarga ekskursiyalarda ushbu korxonalar faoliyatini chuqurroq tushunib oldik. Shuningdek, netvorking imkoniyati tengdoshlarimizdan qo‘shimcha bilim olish, kamchiliklarimizni bartaraf etish imkonini yaratdi.

Go‘zal Sattorova,

Nosirjon Xaydarov (surat) O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlarimiz yirik kompaniyalarda tajriba oshiradi