Termiz shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘ida yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 12 yanvar kuni Xavfsizlik kengashining Qurolli Kuchlar va harbiy-ma’muriy sektorlarning 2023 yildagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan ham aniq topshiriqlar berilgan edi. 

Shunga muvofiq Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug Termiz garnizoni harbiy qismi tashkil etgan tadbirda Angor tumani va Termiz shahrida viloyatdagi kuch tuzilmalariga biriktirilgan “og‘ir” toifadagi hamda probatsiya hisobida turuvchi yoshlar, Angor tumanidagi ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati o‘quvchilari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish doirasida bunyod etilgan yangi bog‘ o‘ziga xos dizaynga ega bo‘lib, harbiy texnika va qurol-aslahalarni namoyish etish maydoni, harbiylashtirilgan to‘siqlar yo‘lagi, yoshlarda tezlik, kuch, epchillik, chaqqonlik, aniqlik, chidamlilik va qat’iyatlilik kabi xislatlarni rivojlantirib, jismonan sog‘lom bo‘lishga ko‘maklashadigan “Mardlar yo‘lagi” qurilgan. “Workout” maydoni, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan 28 nafar harbiy xizmatchi xotirasiga bag‘ishlab, mangu olov porlab turgan aylana shaklidagi xotira burchagida siymolari aks etgan “Qahramonlar nomi barhayot” burchagi tashkil etilgan. 3,8 gektar maydonda qad rostlagan harbiy-vatanparvarlik bog‘i viloyat yoshlarining qiziqish va intilishlari e’tiborga olinib, vatanparvarlik, madaniy hordiq, sport va ma’naviy ozuqa hududlariga ajratilgan.

[gallery-15509]

Bog‘ning boshqa dam olish maskanlaridan farqi shundaki, bu yerda yoshlar ong- shuurida harbiy-vatanpvarlik va milliy ruhni ulg‘aytib, ularni Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat va buyuk ajdolarimiz jasoratiga hurmat tuyg‘usi bilan tarbiyalash uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Janubdagi vohada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish uchun viloyatdagi kuch tuzilmalari hamkorligida kompleks chora-tadbirlar belgilab olingan. Unga ko‘ra, viloyatdagi har bir maktab va mahalladagi yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi uchun kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari mas’ul etib belgilangan. Jumladan, o‘tgan yili bu boradagi ishlar samaradorligini ta’minlash uchun keng jamoatchilik va harbiy xizmatchilar tarkibidagi targ‘ibot guruhlari ishtirokida mahallalar, ta’lim muassasalari, sayilgohlarda mingdan ortiq targ‘ibot tadbiri tashkil etilib, 50 mingga yaqin o‘quvchi, 20 mingdan ortiq uyushmagan yoshlar qamrab olindi. 

Yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda Qurolli Kuchlarining yaratilish va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish maqsadida 200 dan ziyod ochiq eshiklar kuni uyushtirilib, harbiy qismlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalar namoyish etildi. Tinchligimiz posbonlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Viloyat o‘g‘il-qizlarining eng sevimli maskanlaridan biriga aylangan yangi bog‘da tashkil etilgan festival yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular ko‘rgazmadan o‘rin olgan harbiy texnika va qurol-yarog‘lar bilan tanishdi. Harbiy xizmatchilar bilan dildan suhbatlashib, ularning jasoratga to‘la hayotlari haqida qiziqarli va ibratli ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tadbirda Xayrabod garnizoni faxriy qorovul shaxsiy tarkibining sahna ko‘rinishlari yoshlarda boy taassurot uyg‘otdi. Harbiy orkestr ona Vatan, muhabbat, sadoqat va jasoratni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlari vatanparvar yurt osoyishta, obod va farovon bo‘ladi