Yoshlarga Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda
Prezidentimiz Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi tajribasiga to‘xtaldi. Uning 32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi va hozir viloyatdagi 57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili 10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga 1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini aytdi. Ularga Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.
Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.
O‘zA