Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Respublika ruhiy salomatlik markazi vakillari tomonidan yoshlarga giyohvandlik va psixotrop moddalarning zararli oqibati haqida keng tushunchalar berildi.

Ta’kidlanganidek, yurtimiz bo‘ylab 1 fevraldan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi o‘tkazilib, joylarda turli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Tadbirda giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurash bugungi kunning eng global va dolzarb muammolaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida bu illatlarning tarqalishi jamiyatimiz uchun katta xavf tug‘diradi. Ushbu muammoning oldini olish va yoshlarni bu zararli illatlardan asrab qolish uchun jamiyatning barcha qatlamlari, jumladan, ota-onalar, pedagog xodimlar, davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorlikda ish olib borishi zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Giyohvandlik va psixotrop moddalardan foydalanish nafaqat insonning jismoniy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ruhiy salomatligi va ijtimoiy hayotida ham o‘rni to‘lmas yo‘qotishlarga olib keladi. Giyohvandlikka berilgan yoshlar o‘qish, ish va shaxsiy hayotda yuqori natijalarga erisholmaydi, oila a’zolari va do‘stlari bilan muloqotda muammolar yuzaga keladi. Bunday illatlarning oldini olish uchun yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil etib, yoshlarga sog‘lom turmush tarzi va giyohvandlikdan saqlanish usullari haqida ma’lumotlar berib borish muhim hisoblanadi.  

Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yot illatlarga qarshi