Mamlakatimizda keyingi yillarda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy sport o‘yinlari va sport turlarini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini ommalashtirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida sportning qator turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi rahbariyati tashabbusi bilan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari mahalla, sektor, hamda tuman bosqichlarining sifatli va samarali o‘tkazilishiga ko‘maklashish maqsadida mahallalarga bir necha turdagi sport jihozlari yetkazib berilmoqda.  

Xo‘jaobod tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabida tuman mahallalari uchun ajratilgan ana shu sport jihozlarini topshirishga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda so‘z olgan tuman hokimi o‘rinbosari                R.Egamberdiyev va boshqalar tomonidan mamlakatimizda sportni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z salohiyatlarini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi ta’kidlandi.  

Tadbirda bir necha turdagi sport jihozlari tumandagi 39 ta mahalla yoshlar yetakchilariga topshirildi.

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar yetakchilariga sport jihozlari topshirildi