Yoshlar yetakchilari “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Mahallalarda samarali faoliyat olib borayotgan hamda yoshlar bilan ishlash tizimida eng yuqori natijalarni qayd etgan bir qator yoshlar yetakchilari “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 13-iyuldagi "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida"gi qaroriga asosan ko‘krak nishoni so‘nggi yillarda mahallaning jamiyat ijtimoiy-iqdisodiy hayotidagi aloqadorligini yanada kuchaytirish, xususan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga yordam ko‘rsatish borasida faollik ko‘rsatganlarga beriladi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA