Yoşlar xavfsizligi ogohlik va huşyorlikdan boşlanadi
Giyohvandlik, huquqbuzarlik, odam savdosi va is gazidan zaharlaniş — inson hayoti, salomatligi va kelajagiga tahdid soluvçi jiddiy xavf. Ularning oldini oliş, avvalo, aholi, xususan, yoşlar örtasida ogohlikni oşiriş, huquqiy bilim va xavfsizlik madaniyatini şakllantirişni talab etadi. Sayxunobod tumanida ötkazilgan tarğibot tadbirida şu kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Unda tuman hokimi örinbosari Şuhrat Baratov, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi vakili hamda Din işlari böyiça qömitaning tumandagi masʼul xodimi iştirok etdi.

Muloqot davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy taʼsiri, yoşlarning jinoyat va huquqbuzarliklarga aralaşib qolişining oldini oliş, odam savdosi bilan boğliq xavf-xatarlardan himoyalaniş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, şubhali takliflarga aldanmaslik, öz huquqlarini biliş va xavfli vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş muhimligi taʼkidlandi.
Kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlaniş xavfi ortişi munosabati bilan gaz va isitiş moslamalaridan xavfsiz foydalaniş qoidalari ham tuşuntirildi. Mörilar va şamollatiş tizimlarining sozligini tekşiriş, xonalarda havo almaşinuvini taʼminlaş, nosoz uskunalardan foydalanmaslik inson hayotini asraşda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Tuman hokimi örinbosari Şuhrat Baratov yoşlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş va ularni turli salbiy taʼsirlardan himoya qilişda oila, mahalla, taʼlim muassasalari hamda masʼul taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş zarurligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida profilaktik işlarni tizimli davom ettiriş, yoşlar bilan manzilli muloqotni kengaytiriş va mavjud xavf-xatarlarga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş muhimligi qayd etildi. Zero, xavfsiz kelajak ogohlik, masʼuliyat va hamjihatlikdan boşlanadi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri