Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yoshlar hayotida muhim voqelikka aylangan an’anaviy “Yoshlar va talabalar” festivali katta shodiyona va yuqori kayfiyat bilan o‘tkazildi. Shahar markazida joylashgan istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda turli ta’lim muassasalarining talabalari, yosh mutaxassislar, yoshlar tashkilotlari va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

“Besh tashabbus” doirasida ko‘rgazmalar, tanlovlar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ayniqsa, sport, madaniyat va innovatsiya yo‘nalishlaridagi tadbirlar, yoshlar tomonidan yaratilgan startap loyihalar taqdimoti, kitob yarmarkalari va adabiy uchrashuvlar nafaqat yoshlar, balki barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

– Men axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘rgazmada ishtirok etdim. O‘zim yaratgan mobil ilovani taqdim etdim. Bunday imkoniyatlar biz yoshlar uchun katta rag‘bat va ilhom manbai bo‘lmoqda, – deydi Guliston davlat universiteti talabasi Sabrina Berdiyeva.

Festival doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Ibrat farzandlari”, “UstozAI”, “UzChess”, “Mutolaa” hamda “Qizlar akademiyasi” loyihalari targ‘iboti olib borildi. Yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini, bilimdonlar bellashuvi va qiziqarli savol-javoblar ham o‘tkazildi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirok etgan intellektual bahslarda “Tesserakt”, “Pro 100” va “Qattiq H” jamoalari g‘olib deb topildi. Ularga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

– “Zakovat” o‘yini juda qiziqarli o‘tdi, – deydi kollej o‘quvchisi Laylo Sultonova. – Jamoaviy fikrlash va tezkor qaror qabul qilishni o‘rgandik. Bu nafaqat o‘yin, balki rivojlanish uchun imkoniyat bo‘ldi.

Kechqurun taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Jonli ijroda yangragan qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna ko‘rinishlari ishtirokchilar hamda tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

– Bu kabi festivallar nafaqat yoshlarni, balki mahalliy hunarmand va ijodkorlarni ham birlashtiradi. Men o‘zim to‘qigan mahsulotlarimni namoyon etdim va yangi mijozlar, shuningdek, hunar o‘rganmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan tanishdim, – deydi mahalliy hunarmand Jo‘ra Oltiboyev.

Festival Guliston yoshlari uchun nafaqat ko‘ngilochar, balki ilhomlantiruvchi va tarbiyaviy ahamiyatga ega platformaga aylandi. Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalari mustahkamlandi, ular o‘z sohasida erishgan yutuqlarini namoyon etish bilan birga yangi bilim va tajribalarga ham ega bo‘ldilar.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar va talabalar festivali