Yoshlarni internet tarmog‘idagi buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularda internet madaniyatini shakllantirish, mustaqil fikrlaydigan barkamol avlodni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan «Xavfsiz internet» loyihasi doirasida joylarda milliy axborot resurslari sifati, yoshlarning qiziqish va ishtiyoqini oshirish, xavfsiz internet yo‘nalishlarida davra suhbatlari, seminar-treninglar o‘tkazish o‘z samarasini berayotir.

Ana shunday tadbirlardan biri Andijon davlat universitetida “Internet xavfsizligi, internetdan foydalanish madaniyati: muammo va yechimlar” mavzusida tashkil etildi. 

“Xavfsiz internet” loyihasi doirasida o‘tkazilgan yoshlar forumida xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari, viloyat ichki ishlar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari vakillari, Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi mutasaddilari, ta’lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, intellektual salohiyatli avlodni kamolga yetkazishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

– Bugungi kunda internetdan foydalanuvchilar auditoriyasining salmoqli qismini yoshlar tashkil etadi, – deydi Andijon davlat universiteti rektori Akromjon Yo‘ldoshev. – Mamlakatimizda internetdan foydalanish borasida keng imkoniyatlar yaratilgan, har bir shaxs undan erkin foydalanish imkoniyatiga ega. Biroq, ayrim yoshlarimiz internet axborotlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakasiga ega emas. Ana shuni hisobga olib, yoshlarimizning internet resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ularda axborot olish, uni tahlil etish madaniyatini yuksaltirish, navqiron avlodni salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborotlardan himoyalash, xavfsiz internet muhitini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda bunday tadbirlarning ahamiyati katta.

Tadbir doirasida “Globallashuv va ma’naviy tahdidlar, yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish”, “Xavfsiz internet va axborot asrida yoshlar munosabatlarining xilma-xilligi”, “Yoshlarda axborot xurujiga qarshi immunitetni shakllantirishning muhim omillari” singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

– Internet axborotlaridan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida ayrim tengdoshlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolayotgani juda achinarlidir, – deydi Andijon qishloq xo‘jaligi instituti talabasi Bahromjon Hojiakbarov. – Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbir yoshlarning internetdan unumli va to‘g‘ri foydalanish borasidagi bilim va tushunchalarini yanada boyitishga yordam berdi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar va internet