Ma’lumki, 2023 yil 15 sentyabr kuni Markaziy Osiyo davlat rahbarlari O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarni jamiyatning madaniy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga yanada keng jalb etish uchun shart-sharoit yaratishga qaratilgan “Yoshlarga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risida bitim”ni imzolagan edilar. Ushbu mintaqaviy hujjatni qabul qilishdan maqsad yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlashdir.

Shu ma’noda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Yoshlar huquqi: imkoniyat va himoya qilish mexanizmi” xalqaro forumining birinchi yalpi yig‘ilishida, jumladan, yoshlar va global chaqiriqlar mavzusi diqqat markazida bo‘lgani tabiiy hol.

Yalpi yig‘ilishni BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘linmasi rahbari Matilda Bogner, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlar agentligi direktori o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxonova boshqarib bordi.

Ma’ruzachilar qayd etganidek, ta’lim insonning huquqi va asosiy erkinligidan samarali foydalanishda muhim bo‘lib, bag‘rikenglik, kamsitmaslik, tenglik, nizoning oldini olish, zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashishga yordam beradi. Samarali ta’lim nafaqat inson huquqini himoya qilish mexanizmi haqida bilim beradi, balki kundalik hayotda inson huquqini ilgari surish, himoya qilish va amalga oshirish uchun zarur ko‘nikmani ham rivojlantiradi.

Ishtirokchilar yoshlarning zamonaviy jamiyatdagi muhim rolini muhokama qildilar. Inson huquqi bo‘yicha ta’lim yoshlar o‘rtasida zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurasha oladigan, xabardor va faol fuqarolarni birlashtirishga qay darajada yordam berishi mumkinligi tahlil qilindi. Kelgusida yoshlar huquqi sohasidagi amaliy ishlar va siyosiy tashabbuslar uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladigan qaror, tavsiyalar ishlab chiqish uchun amaliy takliflar ilgari surildi. Davlatlar, xalqaro tuzilmalar, fuqarolik jamiyati va yoshlar tashkilotlari o‘rtasida huquqni himoya qilish sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi qayd etildi. Yoshlarni ularning huquqi va manfaati bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish va rejalashtirish jarayoniga jalb etish zarurligi ta’kidlandi. Navqiron insonlarning teng imkoniyatini ta’minlash, salohiyatini o‘stirish va hayotini farovonlashtirishga qaratilgan dastur, loyihalar amalga oshirilishi va rivojlantirilishini rag‘batlantirish lozimligi aytildi.

S.Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar va global chaqiriqlar