Yoşlar tarbiyasida yangi yondaşuvlar belgilandi
Bugun yoşlar tarbiyasi faqat taʼlim muassasasi yoki oilaning vazifasi emas, balki butun jamiyatning umumiy masʼuliyatidir. Axborot xurujlari, internetdagi turli tahdidlar, zararli illatlar va milliy qadriyatlarga befarqlik kuçayişi mumkin bölgan bir şaroitda yoş avlodning maʼnaviy immunitetini mustahkamlaş, ularni soğlom dunyoqaraş va mustaqil fikrlaş ruhida tarbiyalaş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ana şu vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş, maʼnaviy-maʼrifiy işlar sifatini oşiriş, masʼul taşkilotlar hamkorligini kuçaytiriş hamda milliy qadriyatlar tarğibotini yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Sirdaryo viloyati Pedagogik mahorat markazida seminar taşkil etildi.
Viloyat Taʼlim va ilm-fan boşqarmasi, Içki işlar boşqarmasi, Din işlari böyiça qömita, Soğliqni saqlaş boşqarmasi, Pedagogik mahorat markazi hamda «Özkomnazorat» inspeksiyasi hamkorligida ötkazilgan tadbirda taʼlim muassasalarida amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar tahlil qilinib, mavjud muammolar, ularning yeçimlari va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Xususan, «Sinf rahbarlar maktabi» faoliyatini takomillaştiriş, «Yangi oila» konsepsiyasini amalga oşiriş, kiberxavfsizlikni taʼminlaş, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini oliş, yoşlar örtasida erta nikoh va erta tuğruq holatlariga qarşi kuraşiş, maktablarda kiyiniş madaniyati hamda odob-axloq qoidalariga rioya etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Zero, yoşlarni turli salbiy taʼsirlardan himoya qiliş faqat taqiq va ogohlantirişlar bilan çeklanmasligi kerak. Buning uçun ularda töğri dunyoqaraş, hayotiy maqsad, milliy özlikni anglaş va zararli axborotni töğri baholay oliş könikmalarini şakllantiriş muhimdir.
[gallery-32459]
— Bugun yoşlar tarbiyasiga faqat taʼlim-tarbiya jarayoni doirasida qarab bölmaydi. Bu jarayonda oila, mahalla, taʼlim muassasalari va tegişli idoralarning hamjihatligi nihoyatda muhim. Çunki yoşlar duç kelayotgan turli tahdid va muammolarga qarşi kuraşiş, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, yuksak maʼnaviyat va soğlom dunyoqaraşni şakllantiriş barçamizning umumiy masʼuliyatimizdir. Bugungi seminar ham şu boradagi hamkorlikni mustahkamlaş, mavjud muammolarni birgalikda tahlil qiliş va amaliy yeçimlarni belgilaşga xizmat qiladi, — deydi viloyat Taʼlim va ilm-fan boşqarmasi bölim boşliği Xilola Nazarbekova.
Seminarda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşirişda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş masalasi ham eʼtibordan çetda qolmadi. Xususan, maktablarda maʼnaviy-maʼrifiy işlar sifatini oşiriş va masʼul xodimlar faoliyatini raqamlaştirişga xizmat qiluvçi E-MANAVIYAT.UZ platformasining imkoniyatlari taqdim etildi. Undan foydalaniş tartibi va amaliy ahamiyati yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Tadbir davomida masʼul taşkilotlar vakillarining axborotlari tinglanib, har bir yönalişda amalga oşirilgan işlar sarhisob qilindi. Kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlaş, mavjud muammolarga tizimli yondaşiş va belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.
Seminarning yana bir eʼtiborli jihati — milliy qadriyatlar tarğiboti va yoşlar maʼnaviy tarbiyasiga munosib hissa qöşayotgan faollarning eʼtirof etilgani böldi. Tadbir doirasida soha vakillari hamda «Kömak guruhi» aʼzolari viloyat Taʼlim va ilm-fan boşqarmasi boşliği Nargiza Xolbayeva nomidan taşakkurnomalar bilan taqdirlanişdi.
Jumladan, respublika miqyosida ötkazilgan «Milliy qadriyatlar tarğibotçisi» tanlovida munosib iştirok etib, ikkinçi örinni qölga kiritgan Guliston şahridagi 9-umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Feruza Baydavlatovaning faoliyati alohida eʼtirof etildi. Unga ham namunali mehnati, taşabbuskorligi va milliy qadriyatlar tarğibotiga qöşayotgan hissasi uçun taşakkurnoma topşirildi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (surat) ÖzA