Milliy an’ana va qadriyatlarni rivojlantirish, ulug‘ ajdodlarimiz ilmiy merosini chuqur o‘rganish, yoshlarni Vatanga muhabbat, ilm-ma’rifatli, intellektual barkamol avlod etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifasi sifatida qaralmoqda.

Jizzax viloyati qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish – davr talabi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Zomin tumanidagi “Taraqqiyot” MFYda bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida tuman targ‘ibot guruhi rahbari S.Alimova va boshqalar Prezidentimizning “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish xususida to‘xtalib o‘tdi.

– Ota-ona farzand uchun andoza, degan xalqimizning ajoyib maqoli bor, – deydi tuman targ‘ibot guruhi rahbari S.Alimova. – Birovning haqiga xiyonat qilmaslik, halol va pok yashash kabi ijobiy xislatlarni o‘g‘il-qizlarimiz ongiga yoshligidan singdirishimiz shart va bunda, avvalo, o‘zimiz o‘rnak bo‘lishimiz lozim.

Tadbir davomida, turli ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlari kuzatilayotgani, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish borasida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

A.Qayumov,

J.Yorbekov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar tarbiyasi ustuvor vazifadir