Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish, ularni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb etish, yosh avlodning siyosiy faolligini oshirishda Yoshlar parlamenti muhim institutga aylanmoqda.

Ta’kidlash lozimki, Yoshlar parlamentining har bir a’zosi o‘zi istiqomat qiladigan hudud yoshlarining muammolarini o‘rganib, sabablarini aniqlab, uni yoshlar o‘rtasida muhokama qilgan holda bartaraf etish choralarini ko‘rmoqda. Qolaversa, qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etib, tengdoshlarining xohish-istaklarini qonunchilikka tatbiq etish, ularning takliflarini parlamentga olib chiqishga intilmoqda.   

Shu yilning 23-30 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining yangi tarkibi uchun navbatdagi saylovlarning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.   

Qayd etish lozimki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Yoshlar parlamentiga saylovlar uch bosqichda bo‘lib o‘tdi. Mazkur qaror asosida siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizomlari tasdiqlandi.   

20 mart-1 aprel kunlari siyosiy partiyalarda Yoshlar parlamentiga saylovlarning birinchi bosqichi barcha tuman va shaharlarda bo‘lib o‘tdi. Ushbu bosqichda respublika bo‘yicha jami 9 ming 531 ta ariza kelib tushgan. Tuman (shahar) saralash bosqichi hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra, jami 2 ming 493 nafar ishtirokchi saylovning ikkinchi – hududiy bosqichida ishtirok etdi. Hududiy bosqichlardan esa jami 530 nafar ishtirokchi saylovning uchinchi – siyosiy partiyalar tomonidan respublika bosqichida ishtirok etdi.   

Respublika bosqichi yakuniga ko‘ra, tavsiya etilgan 150 nafar nomzod ro‘yxati Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyasiga taqdim etildi. Yoshlar parlamenti a’zolari siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasida egallagan deputatlik o‘rinlariga mutanosib ravishda quyidagicha o‘rinlarga ega bo‘ldi: 64 nafari O‘zLiDeP, 29 nafari “Milliy tiklanish”, 21 nafari “Adolat” SDP, 20 nafari XDP, 16 nafari Ekopartiyaga to‘g‘ri keladi.   

Yoshlar parlamentining yangi tarkibi yoshlar masalalarini hal etish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, g‘oya va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda ularni islohotlar jarayoniga faol jalb etishda tashabbuskor bo‘ladi.   

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamentining yangi tarkibi saylandi