Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining majlisida Yoshlar parlamenti hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari qoshidagi yoshlar maslahat guruhlarining 2025 yil ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejalari loyihalari muhokama qilindi.

Yoshlar parlamenti raisi kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.  

Senatorlar tomonidan Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yoshlar uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar asosida ish rejalarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xususan, mahallalardagi 167 ming nafar uyushmagan yoshlar hamda tarbiyasi og‘ir va huquqbuzarlik sodir qilgan 17 ming o‘quvchini hisobga olgan holda yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, shuningdek, salbiy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va bartaraf etishda Yoshlar parlamentining faolligini oshirish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, jamoatchilik e’tiborini hududlardagi bolalar maydonchalari holatiga qaratish zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, yoshlar maslahat guruhining har bir a’zosi mahalliy deputatlarga “ustoz-shogird” tizimi asosida biriktirildi.  

Muhokamada yoshlarga oid qaror loyihalari bo‘yicha fikrlarni o‘rganish, deputatlar bilan uchrashuvlar tashkil etish, mahalliy kengashlar faoliyati bilan yoshlarni tanishtirish, tegishli komissiyalar bilan hamkorlikda yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish va ijobiy tajribani ommalashtirish kabi muhim vazifalar belgilab olindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar parlamenti va maslahat guruhlari faoliyati takomillashtiriladi