Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Wiki stipendiya” marafoni doirasida “Wiki oromgoh” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida o‘zbek tilini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda 150 nafar ishtirokchiga 8 nafar Vikiadministrator tomonidan mahorat darslari o‘tildi. Ularda maqola yozish va uni vikipediyaga kiritish, kodlar yordamida andozalarni yaratish, shuningdek, viki-omborga sifatli suratlar yuklash, saralash yo‘nalishlari o‘rgatildi.

Bir hafta davomida qatnashchilar tomonidan 20 ming 96 ta maqola yozildi. “Wiki-oromgoh” ikkinchi mavsumining beshinchi kuni tarixiy son qayd etildi. Xususan, oromgoh qatnashchisi Muzaffar Jo‘raboyev tomonidan kiritilgan maqola o‘zbekcha vikipediyadagi 200 minginchi maqola bo‘ldi.

Loyiha yakuniga qadar esa o‘zbekcha vikipediyadagi maqolalar soni 206 mingdan oshdi. Natijada dunyo vikireytingda 54-o‘rinda borayotgan o‘zbekcha vikipediya ozarbayjoncha, galisiycha va litva tilini ortda qoldirib, 51-o‘ringa ko‘tarildi.

Shuningdek, “Wiki-oromgoh” davomida qatnashchilar uchun nafaqat o‘quv mashg‘ulotlari, jumladan, sport musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini, «Ochiq mikrofon», «Duel» kabi qiziqarli dasturlar o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar sertifikat, eng sifatli maqola yaratgan 4 nafar qatnashchi esa noutbuk bilan taqdirlandi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar o‘rtasida o‘zbekcha vikipediya uchun maqolalar tanlovi o‘tkazildi