Yoshlar muammolari kun tartibida (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 19 yanvardagi PQ-92-son qaroriga ko‘ra har bir mahallada Yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, o‘tgan davr mobaynida Yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
▪Bugun Yoshlar yetakchilari mahallalardagi yoshlar masalalarini qanchalik hal eta oldilar?
▪Yoshlar yetakchilari ko‘tarayotgan mavzular qanchalik o‘rinli?
▪Mahallalarda yoshlar orasida qanday muammolar dolzarbligicha qolmoqda?
Yoshlar ijod saroyida "Mahallalardagi yoshlar yetakchilari 1-forumi tashkil etildi. Unda eng faol 200 dan ziyod yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/whbqrWgad-E" title="Yoshlar muammolari kun tartibida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, Abror SODIQOV, Nishonboy ABDUVOITOV (video), O‘zA