“Yoshlar mehnat guzari” ish boshladi
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Yangi Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘inida Mustaqillik bayrami arafasida “Yoshlar mehnat guzari” kompleksi ish boshladi.
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani “Yangi Mirishkor” mahalla fuqarolar yig‘inida Mustaqillik bayrami arafasida “Yoshlar mehnat guzari” kompleksi ish boshladi.
Yosh tadbirkor Alisher Kenjaev bo‘sh turgan binoni ta’mirladi va tikuvchilik, qandolatchilik sexlari, go‘zallik saloni, savdo do‘koni tashkil etib, mahalladagi 29 nafar yoshni ish bilan ta’minladi. Kelgusida u “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi krediti hisobidan faoliyatini kengaytirishni maqsad qilgan.


