Har bir yosh avlod o‘z qobiliyatini rivojlantirishi, orzu-maqsadlariga yetishi uchun shart-sharoitlar yetarli. Mamlakatimizda yoshlar barcha sohada qo‘llab-quvvatlanyapti. Bu esa ularning faol va tashabbuskor bo‘lishiga zamin yaratmoqda.
Milliy gvardiya tizimida ham yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Milliy gvardiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Yosh gvardiyachilar”, “Yoshlar bilan ochiq muloqot”, “Men – vatan himoyachisiman” kabi tadbirlar yoshlarda Vatanga sadoqat, fidoyilik va javobgarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan.
Milliy gvardiya Ma’naviyat va ma’rifat markazida Yoshlar oyligi yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar oyligi va yurtimizda davom etayotgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarining yoshlar hayotida tutgan o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi.
— Bugungi tadbir men uchun juda foydali bo‘ldi. Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquqiy bilimi va jamiyatdagi o‘rni haqida ko‘p yangiliklar oldim,— deydi Jamoat xavfsizligi universiteti kursanti Muxlisa Sadirova. — Bu kabi uchrashuvlar biz kursantlar uchun ham motivatsiya, ham mas’uliyat manbai hisoblanadi. Biz ham kelajakda mamlakat xavfsizligi va barqarorligi uchun munosib xizmat qilishga intilamiz.
Shuningdek, tadbir davomida “Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan harbiy xizmatchilar va bir guruh yoshlar ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlandi.
Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturi yoshlar uchun armug‘on etildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FVAlA6IajIs" title="Yoshlar manfaati – davlat va jamiyat e’tiborida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>N.Rahmonova, O‘zA