Nurafshon shahrida 30 iyun – Yoshlar kuniga bag‘ishlangan Toshkent viloyatining asosiy bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bayram oqshomida barcha shahar va tumanlardan minglab yoshlar qatnashdi.

Tadbirda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq so‘zladi. Qayd etilganidek, “Yoshlar daftari”, “Yoshlar balansi” platformasi asosida olib borayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasini o‘g‘il-qizlarimiz o‘z kundalik hayotida aniq-tiniq his etmoqda.

Hozir viloyat aholisining 1 million 542 ming nafardan ziyodini yoshlar tashkil qiladi. Ularning qariyb 620 ming nafari 14-30 yoshlilardir. O‘tgan davrda 12 ming nafardan ortiq yoshlarga 5 ming gektardan ortiq unumdor yer maydonlari berildi, 79 nafariga 7 milliard 371 million so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi. Shu bilan birga, turli idora va tashkilot rahbarlariga biriktirilgan 4 mingga yaqin yoshlarning muammolari hal etilib, bandligi ta’minlandi. “Yoshlar daftari”ga 2 ming 971 nafar yoshlar kiritilib, ularga 8 milliard 605 million so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Ayniqsa, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 237 mingdan ortiq yoshlar 23 ta xorijiy tilga, “Ustoz AI” loyihasi doirasida esa qariyb 33 ming yoshlar 40 ga yaqin zamonaviy kasblarga o‘qitildi. 703 mingdan ortiq yoshlar “Besh tashabbus” olimpiadasi musobaqalarida ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlar bilan ishlash borasida faollik ko‘rsatgan, yoshlarga doir davlat siyosatini amalga oshirishda alohida namuna bo‘lgan rahbarlar, o‘z navbatida, har tomonlama ilg‘or va faol yoshlar Toshkent viloyati hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Festivalda san’at ustalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. 

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar kuni keng nishonlanmoqda