Yoshlar kosmos yangiliklari bilan tanishdi
Poytaxtimizdagi IT Park binosida “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan kosmik sohadagi texnologiyalar va tadbirkorlik mavzulariga ta’luqli “Spacetech Meet-up #1-Yangi kosmik kompaniyalar davri” mavzuidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda kosmik sohani rivojlantirish, aholini sohadagi yangiliklar bilan tanishtirish, shuningdek, yoshlarni kosmosga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda xalqaro miqyosdagi ekspertlar tomonidan “Ishga tushirish muddati aniq bo‘lganda ishonchli va iste’molchi qiymati o‘rtasida murakkab tizim muvozanatini topish”, “Sanoatda Internet of Things”, “Kosmik startaplar bozori haqida ma’lumot”, “Orbital Express - Yer orbitasida yetkazib berish va servis xizmatlari”, “Private Space. Hozir va 20 yildan so‘ng” hamda “Sun’iy gravitatsiya sayyoralararo sayyohatga yo‘llanma” kabi mavzularda ma’ruzalar taqdimoti o‘tkazildi.
E’tiborlisi mazkur anjumanda bir vaqtning o‘zida Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Gruziya davlatlaridan ham ishtirokchilar onlayn tarzda ishtirok etishdi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA