Bugun yurtimiz yoshlari har sohada ilg‘or. Ular qaysi yo‘nalishni tanlamasin o‘z uddaburonligi, bilimli va zukkoligi bilan nafaqat yurtimizda, balki jahonga tanilmoqda. Davlatimiz tomonidan ularga berilayotgan imkoniyatlar va sharoitlar esa yuksalaman degan har bir yosh yigit-qizlarimizga uchar qanot bo‘lmoqda.
Yosh rassom Shohrux Suyunov ham o‘zining bebaho iste’dodi bilan ulkan natijalarga erishgan yoshlarimizdan hisoblanadi. U erishgan yutuqlar haqida har qancha gapirsak arziydi.
Shohrux namunali yosh sifatida 2024 yilda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini mazkur videohavola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/62Df4pqXEwA" title="Yoshlar – kelajagimizning ishonchli vorislari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA