Yoshlar kasbiy mahorat namoyish etdi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Kasblar tanlovi”ning novvoychilik, payvandlash ustasi, elektromontaj ustasi, dizaynerlik hamda yosh qutqaruvchi yo‘nalishlari bo‘yicha bahslarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni viloyat hokimi o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Yoshlar bandligini ta’minlash, ularda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha tumanlar va shaharda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar viloyat bosqichida o‘z mahoratini namoyish etdi.
[gallery-20810]
Tanlov ishtirokchilar uchun nafaqat raqobat maydoni, balki ularga tajriba oshirish va kelajakda muvaffaqiyatga erishish sari ilk qadam vazifasini o‘tadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA