“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, joriy yilgi davlat dasturi hamda Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishiga oid bayonda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, yoshlarning fuqarolik fazilatlarini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviyatini yuksaltirish dolzarb sanaladi.

Shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviyatini yuksaltirishning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.  

Konferensiya avvalida so‘zga chiqqan Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda yetuk fuqarolik fazilatlarini shakllantirish har qachongidan ko‘ra muhim  masala ekani, bu kabi ilmiy konferensiyalar mazkur muammoga yechim topish uchun amaliy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.  

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov yoshlarning ijtimoiy faolligi kuchli fuqarolik jamiyatining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishini, ilmiy anjumanlar, soha olimlarining ilmiy bahslari bu borada qilinayotgan amaliy harakatlarga poydevor vazifasini bajarishini, shuningdek, konferensiyada ilgari surilgan mavzular va tadqiqotlarning amaliyotga tatbiq etilishi anjumanning asosiy yutug‘i bo‘lishini aytdi.  

Mazkur ilmiy-amaliy anjuman yoshlarni vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, milliy o‘zlikni yuksaltirish texnologiyalari, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishning samarali va ta’sirchan usullari, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda mediaolam, milliy kontentni yaratish hamda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati, zamonaviy ma’naviy-axloqiy tarbiya metodologiyasi, muammo va yechimlari kabi ilmiy muammolar tahliliga bag‘ishlandi.  

Anjumanda ma’naviyat sohasidagi tadqiqotlar monitoringi va optimallashtirishning bugungi kundagi ahamiyati milliy va ma’naviy muhit bilan bog‘langan tarzda muhokama etildi. Konferensiya sho‘’balari ushbu ilmiy muammolarga aloqador to‘rt yo‘nalishda tanlangan. 

Anjumanda qo‘yilgan muammolar va taklif etilgan yechimlar, yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviyatini yuksaltirishning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha tajriba almashinuvlar, nazariy xulosalar bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.  

Anjumanning munozaralar qismi qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Konferensiya ishida professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi mutaxassislar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorantlar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.  

N.Usmonova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va ma’naviyatini yuksaltirishning zamonaviy texnologiyalari