Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari o‘rtasida tashkil etilgan «Besh tashabbus – besh imkoniyat» hamda «Mustahkam oila – yurt tayanchi» ko‘rik tanlovlari g‘oliblarini taqdirlashga oid tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur institut rektori Nodirbek Sayfullayevning tashabbusi bilan ushbu tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talaba-yoshlarning ijodiy ishlari jamlangan «Yosh ijodkorlar» nomli katalog nashr etildi.

Ushbu katalog institut yosh ijodkorlarining ijodiy ishlari jamlangan ilk katalog sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida esa respublika va xalqaro tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, o‘z bilim va iqtidori bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan talaba-yoshlarning ham ijodiy asarlarini katalog sifatida nashr etish rejalashtirilmoqda.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar ijodiga bag‘ishlangan katalog