Yoshlarning haq-huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda har bir davlat o‘z yurisdiksiyasi doirasida tegishli normalarni qabul qilishi hamda ularning samarali ijro mehanizmini yo‘lga qo‘yishi zarur. Shu o‘rinda aytish joizki, bugungacha mamlakatimizda yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, 30 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan.

«Yoshlar bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish, ularga mas’ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi». Shavkat Mirziyoyev

bugungi shiddatli zamonda xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalar inson aqlini shoshirib qo‘yishi, shubhasiz. Insoniyat rivojlanishining barcha bosqichlari yosh avlodning intellektual salohiyati, yuksak aqliy qobiliyati hamda huquq va manfaatlarining ta’minlanishiga bog‘liqdir.

Hozirgi kunda yoshlar jahon aholisining salmoqli qismini tashkil etadi. Shu sababli, yoshlarning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash har bir davlatning oldida turgan eng dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Biroq, tan olib aytish kerakki, hozirgi kunda jahon miqyosida yoshlarning huquq va manfaatlarini o‘zida ifoda etgan, davlatlarning yoshlar siyosati sohasidagi majburiyatlarini o‘zida belgilagan, milliy va xalqaro darajada qarorlar qabul qilishda yoshlarning ishtirok etish huquqini kafolatlagan, shuningdek barcha davlatlar tomonidan tan olingan yaxlit, xalqaro huquqiy hujjat mavjud emas.

Shu sababli, 2020 yil 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi tarixiy nutqida Tashkilotga a’zo davlatlarni Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashга chaqirdi.

Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha tashabbus jahon miqyosida yoshlar huquqlariga doir muhim masalalarni o‘zida ifoda etgan xalqaro huquqiy hujjatni qabul qilishni nazarda tutuvchi ilk taklif ekanligi bilan ahamiyatlidir.

Mazkur xalqaro hujjatning loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ko‘plab amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti va Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ham o‘z taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etishdi.

Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish xalqaro ahamiyatga molik bo‘lgan quyidagi ijobiy jihatlari bilan ahamiyatlidir:

birinchidan, u yuqorida ta’kidlanganidek jahon miqyosida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash va bu borada davlatlar oldidagi xalqaro majburiyatlarni belgilab beruvchi yaxlit xalqaro huquqiy hujjat bo‘ladi;

ikkinchidan, Konvensiya loyihasida jahon miqyosida ilk marotaba yoshlar, ya’ni yosh shaxslar tushunchasiga umumiy huquqiy ta’rif belgilanmoqda:

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda yoshlar tushunchasi biror marta ishlatilmaganligi ham Konvensiyaning yoshlar masalasidagi asosiy xalqaro huquqiy hujjat maqomiga ega ekanligi borasidagi fikrlarimizning isbotidir.

Har bir davlat yoshlar tushunchasini o‘z tartib-qoidalari va shart-sharoitlaridan kelib chiqib turlicha belgilagan. Misol uchun, yoshlar tushunchasi Хитойда 18-35 yosh; АҚШда 18-25 yosh; Канадада 16-28 yosh; Россияда 14-30 yosh etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasida yoshlar tushunchasiga berilgan huquqiy tarifda o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar yoshlar hisoblanishi belgilangan;

uchinchidan, davlatlarning yoshlar siyosati sohasidagi majburiyatlari, yoshlarning ijtimoiy integratsiyasini kuchaytirishga ko‘maklashish bo‘yicha vazifalari aniq belgilanmoqda:

Unga muvofiq, ishtirokchi davlatlar yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 12 ta majburiyat va yoshlarning ijtimoiy integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha 15 ta vazifasi nazarda tutilmoqda;

to‘rtinchidan, Konvensiya loyihasida ishtirok etuvchi davlatlar tomonidan yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi barobarida oila institutini saqlash va oilada yoshlarning sog‘lom kamol topishini ta’minlashga xizmat qiladigan norma nazarda tutilmoqda:

Shu o‘rinda aytish joizki, o‘zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy ildizlari oila institutiga, undagi asriy qadriyatlar hisoblanmish sadoqat, mehr u vafo va farzandlar tarbiyasiga e’tibor kabi ezgu qadriyatlarga tayanadi. Shu sababli, ham oila institutining maqomi mamlakatimiz Bosh Qomusida belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, “oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida dunyo miqyosida yoshlarning sog‘lom kamol topishini ta’minlashda oilaning rolini yanada oshirish, oila institutini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari xalqaro norma ijodkorligi jarayonida ilgari surilmoqda. Mazkur ezgu tashabbuslar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining 1 va 
3-maqsadlarida hamda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda erishilishi belgilangan barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarning 
3-maqsadining 3.7-vazifasida ham nazarda tutilgan;

beshinchidan, davlatlar o‘z yurisdiksiyasi doirasida fuqarolari bo‘lmish yoshlarni, shuningdek chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan yoshlarni zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rishi belgilanmoqda:

Avvalo, aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Konsepsiya loyihasida ilgari surilayotan takliflar xalqaro inson huquqlari sohasida e’tirof etilishi bilan birga, dunyo miqyosida amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni joriy etish, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va manfaatlarini davlat tomonidan kafolatlashning zarur huquqiy asoslari belgilandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
23-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi”;

oltinchidan, Konvensiya loyihasida milliy va xalqaro darajada qaror qabul qilishda yoshlarning ishtirok etishi huquqi aniq belgilab berilmoqda:

Yoshlarning va yoshlar tashkilotlarining milliy darajada jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatlarini ta’minlash, yoshlarning o‘zlarining hayotiga taalluqli qonunchilikni ishlab chiqish hamda siyosatni shakllantirish, uni monitoringini olib borish va o‘tkazishda ishtirok etishlarini ta’minlash masalalariga doir normalar nazarda tutilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar”. Konvensiya loyihasida nazarda tutilayotgan yoshlarning jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga doir mazkur qoida mamlakatimizda konstitutsiyaviy norma sifatida belgilangan bo‘lib, o‘tgan 28 yil davomida o‘z ijobiy amaliyoti va natijalari bilan ahamiyatga molik hisoblanadi. Konvensiya loyihasiga taklif etilgan mazkur qoidalar nufuzli xalqaro reyting va indekslarda belgilangan fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlashga doir tegishli indikatorlarning xalqaro miqyosda hamda davlatlar miqyosida amal qilinishini ta’minlashga xizmat qilishi bilan e’tiborga loyiq;

yettinchidan, Konvensiya loyihasida yoshlarning shaxsiy hayot huquqini kafolatlash nazarda tutilmoqda:

Unga muvofiq, yoshlarning har bir vakili shaxsiy hayoti huquqi, ixtiyori qo‘lida bo‘lishi huquqi, shaxsiy hayot mahfiyligi, yozishmalarining mahfiyligi va shaxsiy maqomi himoya qilinishiga doir qoidalar aniq belgilanmoqda.

Konvensiya loyihasida nazarda tutilayotgan mazkur qoida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalari asosida ishlab chiqilganligini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Xususan, Deklaratsiyaning 3-moddasida “har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga ega” ekanligi va 12-moddasida “hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, uy-joyi daxlsizligiga, uning yozishmalaridagi sirlarga yoki uning nomus va sha’niga o‘zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emasligi, har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonun orqali himoya qilinish huquqiga ega”ligi belgilangan.

Milliy qonunchiligimizda shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik uchun tegishli javobgarlik choralari belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1411-moddasining birinchi qismida shaxsiy hayot daxlsizligini buzganlik, 143-moddasida xat-yozishmalar, telefonda so‘zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzganlik, 144-moddasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunday javobgarlik ma’muriy 
va fuqarolik qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan;

sakkizinchidan, Konvensiya loyihasida yoshlarning zo‘ravonlikka duchor bo‘lishdan va ekspluatatsiya qilinishidan saqlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi nazarda tutilmoqda:

Xususan, unda har bir ishtirok etuvchi davlatning o‘z yurisdiksiyasidagi hududda yoshlarga nisbatan zo‘ravonlik va ekspluatatsiya qilinishning har qanday turlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida majburiy mehnat, iqtisodiy kamsitish va mehnat sohasida ekspluatatsiya qilinishga doir harakatlarning oldini olish uchun samarali qonunchilik, ma’muriy, sud 
va boshqa choralarni ko‘rishi belgilanmoqda.

Hozirga qadar insonlarning turli zo‘ravonlik holatlarining qurboni bo‘lishini va ekspluatatsiya qilinishini oldini olish borasida xalqaro hujjatlar qabul qilingan. Xususan, Xalqaro mehnat tashkilotining 1957 yildagi “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 30 sentyabrda ratifikatsiya qilingan) 1-moddasida Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishini cheklashiga doir norma belgilangan.

Mazkur xalqaro norma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 
7-moddasida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, unda majburiy mehnatning taqiqlanishiga doir qoidalar aniq ko‘rsatib o‘tilgan;

to‘qqizinchidan, Konvensiya loyihasida yoshlarning o‘z mamlakati hududida to‘siqsiz harakat qilish, yashash va turish joyini tanlash, o‘zining mamlakatini va har qanday boshqa mamlakatni tark etish hamda o‘z mamlakatiga qaytish huquqiga ega ekanligi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilmoqda:

Shuningdek, Konvensiya loyihasida qochoqlar deb hisoblanadigan yoshlarni zarur darajada himoya qilish, ularga nisbatan qo‘llaniladigan huquqlar va ularga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga doir norma nazarda tutilmoqda;

o‘ninchidan, Konvensiya loyihasida yoshlar huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikning qamrovi va sohalari aniq belgilanmoqda:

Unga muvofiq, ishtirok etuvchi davlatlar yoshlar huquqlarini ta’minlash masalalarini qamrab oladigan xalqaro dasturlar; o‘zaro axborot, tajriba va ilg‘or ishlanmalarni ayirboshlash; texnikaviy-iqtisodiy yordam taqdim etish, shu jumladan, texnologiyalar bilan o‘zaro almashish va texnologiyalarni uzatish, ilmiy-texnikaviy bilimlarni tadqiq etish va ulardan foydalanish kabi sohalarda yaqin hamkorlikni amalga oshirishi nazarda tutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasining qabul qilinishi butun dunyo yoshlarining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash va yoshlar siyosati masalalarida xalqaro hamkorlikni aniq soha va yo‘nalishlarda olib borilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Akbarshoh TESHABOEV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i,

Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Qo‘mita raisi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi BMT konvensiyasi – jahon yoshlarining huquq va manfaatlari kafolati