Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan «Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida agentlik fotomuxbirlarining fotoko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Ko‘rgazmada 100 ga yaqin rangli fotosuratlar namoyish etildi.  

Ularda O‘zbekiston yoshlarining bugungi kundagi turli sohalardagi faoliyati va muvaffaqiyatlari aks etgan. Jumladan, yoshlarimizning ilm-fan, madaniyat, san’at, sport, harbiy va boshqa sohalarda olib borayotgan ishlari, matonatlari va erishgan yutuqlari ifoda etilgan. Fotosuratlarda yoshlarning bugungi hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.  

[gallery-18113]

– O‘ttiz yildirki, foto olamida faoliyat yuritaman, – dedi O‘zA fotomuxbiri Almurod Mamadaminov. – Rasm olish ham alohida bir san’at. Olgan fotosuratlarimning asosiy qismida yoshlar hayoti aks etgan. Ular turli sohalarda o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari sari odimlar ekan, oldilaridagi to‘siqlarni va mashaqqatlarni yengib o‘tmoqda. Vatanimiz kelajagini belgilovchi yoshlarimizning bu mehnatlari va muvaffaqiyatlari, albatta, davlatimiz tomonidan rag‘batlantirib borilmoqda. Yoshlarimizni keyingi zafarlarga undash va ularning xatti-harakatlaridan o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rnak olishi va ruhlanishi uchun ham bugungi ko‘rgazmaning o‘rni beqiyos.  

Ko‘rgazmadagi har bir fotosuratda jarayonlar o‘ziga xos tarzda jonli aks etgan bo‘lib, tomoshabin jarayon ishtirokchisiga aylanib qoladi, go‘yo. Ko‘rgazmadagi suratlarning rang-barang mavzudaligi ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.  

Gulnoza Boboyeva,

Nosirjon Haydarov,

Asliddin Alijonov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar hayotini aks ettirgan ko‘rgazma