Yoshlar hayotiga doir veb-serial premerasi
Sirdaryo viloyat Yoshlar markazida Yoshlar ishlari agentligi va “Ibrat farzandlari” loyihasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Kurash – hayot davom etadi” veb-serialining premerasi bo‘lib o‘tdi.
– “Mazkur veb-serial haqiqiy hayotdagi turli sharoitlarda yashayotgan o‘smirlarning katta hayot yo‘lidagi kurashi haqida hikoya qiladi.Serial qahramonlari o‘ziga xos fe’l-atvorli va tanlagan yo‘llari bilan boshqalardan ajralib turadi. Veb-serial yoshlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni yuzaga olib chiqish bilan birga, ularning asl sabablari nimada ekanligiga ham e’tibor qaratadi. Bu, ayniqsa, har bir yetakchi va rahbar ko‘rishi kerak bo‘lgan veb-serialdir. Ota-onalar uchun haqiqiy "ko‘zgu" vazifasini o‘taydi,–deydi Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Turdimurodov.
[gallery-21016]
“Yoshlar forumi – 2024” doirasida o‘tkazilgan veb-serial premerasida serial qahramonlari ham tashrif buyurishdi va yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi. Serialda yosh va katta avlod o‘rtasidagi qarama-qarshi dunyoqarashlar, o‘zaro munosabatlardagi kelishmovchiliklar tufayli yuzaga keladigan salbiy oqibatlar tomoshabinga chuqur va ta’sirli tarzda namoyish etiladi.
Serial 10 qismdan iborat bo‘lib, bugungi kunda yoshlar va ularning qiynayotgan muammolar hayotiy voqealar misolida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa, nafaqat yosh, katta tomoshabinlarda ham ijobiy taassurot qoldirdi.
G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari