Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Sirdaryoda kitobxonlik, madaniyat va san’at, intellektual o‘yinlar, axborot texnologiyalari hamda sport turlari bo‘yicha besh bosqichli musobaqalar tashkil etildi.

Kuni kecha "Besh tashabbus olimpiadasi"  doirasida Guliston shahrida  viloyatdagi tashkilot va idoralar xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka,  stol tennisi,  voleybol,  mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.  

Unda tuman,  shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lib,  viloyat bosqichiga  yetib kelgan jamoalar,  shaxmat-shashka, stol tennisi musobaqalarida ishtirok etib,  viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan 400 nafarga yaqin xodim ishtirok etdi.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in, murosasiz bahslar bilan o‘tdi.  

Natijaga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan  musobaqada Sardoba tuman aloqa bo‘limi, shashka musobaqasida Sirdaryo tumanidagi Guliston neftni qayta ishlash zavodi filiali, stol tennisi musobaqasida Xovos tuman temir yo‘l stansiyasi xodimi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shaxmat  bo‘yicha  ayollar o‘rtasida  bo‘lib o‘tgan musobaqada  Xovos tuman madaniyat bo‘limi,  shashka  bo‘yicha  o‘tkazilgan  musobaqada  Sayxunobod tuman maktabgacha va maktab ta’limi  bo‘limi xodimasi tengsiz ekanini namoyish etishdi.  

Voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Sardoba tuman tibbiyot birlashmasining tibbiyot xodimlari, mini-futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Sayxunobod tuman yo‘l qurilish bo‘limi xodimlari birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari musobaqa nizomida ko‘rsatilganidek, tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan  taqdirlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yoshlar forumi" doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi