Yoshlar faolligini oshirishda muhim qadam
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda soʻzga chiqqan “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Azizbek Bahodirov davlatimiz rahbarining joriy yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida yoshlar siyosatiga oid belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha tushunchalar berdi.
Taʼkidlash kerakki, yurtimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardir. Bugungi kunda ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shunga qaramasdan, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.
– Soʻnggi yillarda oʻsib kelayotan avlodga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi tuzildi, – dedi uyushma matbuot kotibi Jamshid Shermetov. – Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30-iyun “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi. Hozirda ittifoqning 7 million 690 ming nafar aʼzosi mavjud. Bugungi kunda uyushma ishchi-xodimlarining 50 foizi yoshlardan iborat. Unda Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkiloti tuzilgan. U belgilangan maqsad va vazifalar, ish rejasiga muvofiq faoliyat olib boradi. Shu maʼnoda, bugungi tadbir uyushmamiz yoshlarining faolligini oshirishda muhim qadamdir. Amalga oshiriladigan ishlar va istiqboldagi rejalar barobarida unda sport mashgʻulotlari, yoshlar oʻrtasida savodxonlik masalasi, kitobxonlikni keng targʻib qilish, malaka oshirish va sirtqi boʻlimlarda oliy maʼlumot olish masalalari ham eʼtibordan chetda qolmadi.