Joriy yilning 13 aprelida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Prezident Sh.Mirziyev yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga doir qator vazifalar amalga oshirilishini bildirdi.

Jumladan:

- 1 maydan boshlab yoshlarni ishga qabul qilgan korxonalarga ushbu xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi;

- birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazi bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;

- ijaraga bino olib, o‘z biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi;

– 1 iyundan boshlab “Yoshlar daftari”ga kirganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qishi xarajatining bir qismi qoplab beriladi;

– yoshlarning professional ta’lim maktablari, texnikumlarda o‘qishi uchun to‘lanadigan kontrakt summasi daromad solig‘idan ozod qilinadi va h.k.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari 1 iyundan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari byudjetdan to‘lab berilishini ham ta’kidlab o‘tdi.

Hukumatning tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan respublikamiz miqyosida yoshlarni mehnat bozorida ehtiyoj yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish 3 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirildi:

1-bosqichda shu yilning aprel oyidan boshlab fuqarolarni “Vatanparvar” tashkilotining “Haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida”“V”,“VS”, “S”, “D”, “E” toifalari bo‘yicha o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilishi;

2-bosqichda avgust oyidan “Texnik xizmat ko‘rsatish kurslari” tashkil etilib, yoshlar 5 xil kasbga – vulkanizator, elektrik-akkumulyatorchi, gaz-elektr payvandchi, chilangar, avtoelektrik mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitilishi mo‘ljallanmoqda;

3-bosqichda dekabr oyidan boshlab “Murakkab texnikalarni boshqarish kurslari” yo‘lga qo‘yilib, ushbu kurslarda yuk ortuvchi transport, avtogidro-pod’yomnik, yuk mashinasi krani, g‘ildirakli traktor, bitta kovshli ekskavator texnikalarini boshqarish bo‘yicha o‘qitilishi kutilmoqda.

E’tiborlisi, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar yuqoridagi kasblarga bepul o‘qitilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari byudjetdan to‘lab beriladi