«Yoshlar daftari» — idjtimoy, iqtisodiy, huquqi, psixologik qo‘llab-kuvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga extiyoji va ishtiyoki bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga tuman (shaharlar)dagi har bir sektor kesimida mahallabay «Yoshlar daftari»ga o‘n tort Yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
Ya’ni fuqaro oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan bo‘lishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan, ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar kiritiladi.
Bundan tashqari, yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan, zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan, «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan, haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolar ham «Yoshlar daftari»ga kiritilishi mumkin.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan, psixologik maslahatga muhtoj, nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila, dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan, yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar ham «Yoshlar daftari»ga kiritiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Y1WPnhxSUU8" title="Yoshlar daftariga kimlar kirishi mumkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva,
I.Ismamatov (video), O‘zA