Yoshlar – millatning kelajagi, davlatning ertangi taraqqiyoti poydevori. Shu bois ham mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash borasida yangicha tizim yaratilib, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, orzu-intilishlari va iqtidorini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, agentlik tomonidan “fuqarobay” ishlash natijasida 138 ming nafar ishsiz yoshlar aniqlanib, ularning mahalla-sektor-tuman(shahar) – viloyat kesimida ro‘yxatlari shakllantirildi. “Yoshlar bandlik dasturlari” ishlab chiqildi. Natijada bugungi kunga qadar 137,8 ming nafar yoshlarning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, “Yoshlar daftari” platformasi orqali “Mahalla ettiligi” tavsiyasi asosida yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tavsiya asosida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 169 ming 846 nafar yoshga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 345 mlrd. so‘m miqdordagi mablag‘lar ajratilgan.

Respublika bo‘yicha mehnat bozoriga kirib keluvchi bitiruvchi yoshlarni “fuqarobay” bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalla – sektor –tuman – viloyat bo‘yicha zarur choralar ko‘rilib, hududlar kesimida aniqlangan 205 ming yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida “Bitiruvchi yoshlar bandlik dasturlari” ishlab chiqildi.

Bular haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan eshituvda aytib o‘tildi. Unda Yoshlar ishlari agentligining yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Muhokamalarda deputatlar yoshlarni har tomonlama himoya qilish, salohiyatini yuzaga chiqarish, kitobxonlikka jalb etish hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan qator taklif va tavsiyalar berdi. Shu bilan birga, bu borada samarali parlament nazoratini ta’minlash, joylarga chiqqanda yoshlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish lozimligi ta’kidlandi.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligini ta’minlashda Yoshlar ishlari agentligi qanday ishlarni amalga oshirgan?