Surxondaryo viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini joriy yilda 42 mingdan ziyod o‘quvchi bitiradi.

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalash, ularning iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zarur sharoit yaratish, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridandir.

– Mustahkam moddiy-texnik bazaga ega zamonaviy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘uloti va ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karomat Ashurov. – Bu yoshlarning o‘zlari tanlagan kasb sirlarini puxta o‘zlashtirishida muhim omil bo‘layotir. Bitiruvchilar korxona, tashkilot va muassasalarda amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tamoqda. “Korxona – kollej” hamkorlik tizimi yoshlarning amaliyot mashg‘ulotlarida tanlagan kasbi bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi, ko‘pchiligining keyinchalik shu yerda ishlab qolishiga katta imkoniyat yaratmoqda.

Viloyatda yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash yuzasidan muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyat yuritmoqda. Viloyat, tuman va shahar hokimliklarida, ta’lim muassasalarida tuzilgan shtablar kundalik monitoring ishlari olib boradi. Bu ishni sifatli amalga oshirish uchun kollejlarga hududdagi tijorat banklari, bandlikka ko‘maklashuvchi markazlar va boshqa mutasaddi tashkilotlardan mas’ullar biriktirilgan. Dastlabki tahlillarga ko‘ra, bitiruvchilarning 10 mingdan ortig‘i oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirish, 2 mingdan ortig‘i tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan. Aksariyati amaliyot o‘tayotgan korxona, tashkilot va muassasada mehnat faoliyatini boshlaydi.

– Kollejni bitirib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar doimiy e’tiborimizda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Olim Esonov. – Ana shu maqsadda biznes loyiha tuzgan yoshlarga moliya institutlari tomonidan 15 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘i ajratiladi.

Yoshlarning izlanish va intilishlari qo‘llab-quvvatlanayotgani ularning bandligini ta’minlash barobarida aholi farovonligini yuksaltirishga ham xizmat qilmoqda. Tijorat banklaridan olinayotgan kredit mablag‘i evaziga bitiruvchilar kichik ishlab chiqarish korxonalari tashkil etayotir. Zamonaviy issiqxonalar qurib, bozorlar to‘kinligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda. Servis va xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, asalarichilik, hunarmandlik kabi sohalarida shug‘ullanmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun ajratilgan kredit mablag‘ining 800 million so‘mdan ortig‘i “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki viloyat filiali hissasiga to‘g‘ri keladi. Denov tibbiyot kollejini bu yil uch yo‘nalish bo‘yicha 242 o‘g‘il-qiz tamomlaydi. Ulardan o‘ndan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan. Sayramxon Mengniyozova ana shulardan biri. Bo‘lajak tadbirkorga “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki Denov tumani bo‘limi tomonidan 5 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.

– Prezidentimiz rahnamoligida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor biz, yoshlarda biznes bilan shug‘ullanishga katta qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi Sayramxon. – Men ham shu maqsadda biznes-reja tayyorlab, tijorat bankiga taqdim etdim. Loyiham qo‘llab-quvvatlanib, yetarli miqdorda mablag‘ ajratildi. Mahallamizda muzqaymoq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchiman. Kelgusida tijorat bankining kredit mablag‘idan foydalanib, qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirishni ham rejalashtirganman.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoshlar bandligi uchun barcha mas’ul