Yoshlar bandligi muhim masala
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ish boshlagan “Husfa-F” mas’uliyati cheklangan jamiyati gigiyenik vositalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Umumiy loyiha qiymati 4,5 milliard so‘mni tashkil etgan korxonada hozirda bolalar tagliklari va nam salfetkalar ishlab chiqarilmoqda. 5 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.
MCHJ kelgusida ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mahsulotlarini qo‘shni davlatlarga eksport qilishni rejalashtirgan. Bu nafaqat mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashga, balki yangi ish o‘rinlarini yaratishga, O‘zbekistonning xalqaro savdo maydonida o‘z o‘rnini mustahkamlashiga ham xizmat qiladi.
[gallery-21950]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA