Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston U14 terma jamoasi joriy yilning aprel oyida Novosibirskda o‘tadigan “Do‘stlik kubogi”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘smirlar terma jamoamiz ayni kunlarda ushbu nufuzli turnirda vatanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun Jizzax shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Mashg‘ulot jarayonida texnik-taktik harakat, to‘pni qabul qilish, zarba yo‘llash texnikasini takomillashtirish, jismoniy va ruhiy holat bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Jar” sport sog‘lomlashtirish majmuasining voleybol maydonida O‘zbekiston U18 terma jamoasi shu kunlarda yurtimizda mashg‘ulot o‘tayotgan Rossiya U18 terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli kechgan bahsda mehmonlar 2:3 hisobida O‘zbekiston terma jamoasidan ustun keldi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh voleybolchilarimiz Rossiya jamoasi bilan kuch sinashdi