Yosh ushuchilarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Indoneziyaning Tangerang shahrida ushu bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi 8-jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli musobaqada ushu sportining taolu yo‘nalishi bo‘yicha 7 nafar, sanda yo‘nalishida 5 nafar sportchilarimiz qatnashib, munosib natijalarga erishdi. Taolu yo‘nalishida Iskandar Usmonov 1 ta kumush va 1 ta bronza, sanda yo‘nalishida Jamshidbek Guliboyev va Abduvohid Mirvohidov 1 tadan bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
8-jahon chempionatida 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston ushu terma jamoasi bugun Toshkentga qaytib keladi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA