Poytaxtimizda joylashgan "Saxovat Sport Servis" majmuasida o‘tayotgan W15 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida yosh tennischimiz Darya Shubina muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yakkalik bahslari chorak finalida Darya Shubina Janubiy Koreya vakili Bo Yung Jeongni har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida yengdi va yarim finalga chiqdi. Endi tennischimiz final ostonasida jutflik bahslaridagi sherigi bo‘lgan neytral tennischi Varvara Panshina bilan kuch  sinashadi.

Afsuski, Darya Shubina va Varvara Panshina juftlik bellashuvlarining yarim finalida hindistonlik Vayshnavi Adkar va tailandlik Punnin Kovapitukted tandemiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischimiz Toshkentda porlamoqda