Qozog‘istonning Chimkent shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan ayollar va erkaklar o‘rtasidagi xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi.

Ayollar orasidagi W15 toifasiga kiruvchi musobaqada yosh tennischimiz Darya Shubina nufuzli turnirning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Valeriya Yushchenko bilan tandemda so‘nggi hal qiluvchi final bahsida qozog‘istonlik tennischilar dueti Inkar Dyussebay va Satima Toregen ustidan 6:1, 6:3 hisobida zafar quchib, bosh sovringa ega chiqdi.  

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin M15 tasnifidagi ushbu musobaqaning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Pavel Verbin bilan birga bosh sovrinni qo‘lga kiritga bo‘lsa, yakkalik bellashuvlarida vitse-chempionga aylandi.  

Ma’lumot o‘rnida: joriy hafta mobaynida Qozog‘istonning Chimkent shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan ushbu tasnifdagi yana bir musobaqa tashkil etiladi. Unda Sergey Fomin, Darya Shubina, Sabrina Olimjonova kabi tennischilarimizning ishtirok etishi kutilmoqda.   

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischimiz Darya Shubina Qozog‘istonda g‘olib bo‘ldi