Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha “M15” tasnifiga kiruvchi “President`s Cup” xalqaro turnirida yosh raketka ustalarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda. Ushbu musobaqaning asosiy to‘r bosqichiga chiqish uchun o‘tayotgan saralash bahslarida 6 nafar tennischimiz so‘nggi hal qiluvchi final o‘yiniga muvaffaqiyatli yetib keldi.

Saralash bosqichining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final o‘yinlarida Abdulaziz Usmonjonov neytral tennischi Nikita Yanin, Amir Milushev neytral sportchi Mixail Dubrovski, Maksim Shin esa neytral maqomda ishtirok etayotgan Mixail Xodorchenko bilan kuch sinashsa, qizlar orasida ikki vakilimiz Sabrina Olimjonova hamda Maftunabonu Qahramonova o‘zaro raqobatlashadi. Diana Yakovleva neytral tennischi Sofiya Suslovani sinovdan o‘tkazadi.

Darvoqe, yigitlar o‘rtasida hamyurtimiz Damir Abdusamadov asosiy to‘r bellashuvlariga “Wild Card” yo‘llanmasiga ega chiqib, unda turkiyalik Tunchay Duranga qarshi ilk o‘yinda kortga tushadigan bo‘ldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tennischilarimiz “President`s Cup”da bosh sovrinni ko‘zlamoqda