Zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan yoshlar kelgusida o‘zi tanlagan kasbning boshini tutishni, el koriga yaraydigan ish bilan shug‘ullanishni istaydi. Shu jihatdan, Namangan viloyatida yosh avlodni kichik biznesga jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasining yigit-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, yoshlar uchun yangi bo‘sh ish o‘rinlari joriy etishga qaratilgan istiqbolli loyihalar muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021 yil 21 dekabrdagi “Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatida 2022 yil yanvar oyidan hozirga qadar jamg‘armaga 165 nafar yosh tadbirkor 87 milliard 455 million so‘mlik biznes loyihalari bilan murojaat qilgan bo‘lsa, shundan 59 yosh tadbirkorning 29 milliard 30 million so‘mlik loyihalari maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanib, moliyaviy qo‘llab-quvvatlandi.

Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Namangan filiali hamkorligida tashkil etilgan o‘quvlarda qatnashgan 59 yosh o‘g‘il-qizga jamg‘armaning maxsus sertifikatlari topshirildi. Mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan yoshlardan 32 nafarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlariga doir 15 milliard 250 million so‘mlik loyihalari “O‘zmilliybank” Namangan viloyati filiali tarafidan moliyalashtirilishi natijasida 384 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018 yilda ta’sis etilgan jamg‘arma tomonidan so‘nggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari orasida 30 yoshgacha bo‘lganlar soni oshdi, – deydi “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Namangan viloyat filiali rahbari Ilhomjon Nabijonov. – Birgina 2023-2024  yillar davomida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi moliyalashtirgan “Tadbirkorlik – taraqqiyot omili” loyihasi doirasidagi davlat grant mablag‘lari hisobidan Pop, Norin, Uchqo‘rg‘on va Uychi tumanlarida Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikdagi seminar-treninglarda 215 nafar yosh tadbirkorlikning ilk bosqichlari bo‘yicha o‘qitildi. O‘quvlarda faol ishtirok etgan 10 nafar ayol-qizga “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi davlat grantidan tikuv dastgohlari topshirildi.

Qolaversa, maktab bitiruvchilari hamda vaqtincha ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida o‘tgan davr mobaynida viloyatdagi yirik korxonalarga 31 marotaba “Biznes sayohat” tashkil etilib, unga 1 ming 780 nafar yigit-qiz qamrab olindi.

Jamg‘armaning e’tiborga molik loyihalaridan biri sanalgan, har yili bepul uyushtiriladigan “Biznes marafon” motivatsion treninglarda mamlakatimizda o‘z o‘rni va brendiga ega bo‘lgan malakali tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda 2 ming 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Yuzma-yuz muloqotlardan katta rag‘bat olgan o‘nlab qatnashchilar bugungi kunda tadbirkorga aylanib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishga erishdi.

Uychilik Jahongir Kamoliddinov mahalladoshlarining bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishlariga yaqindan ko‘maklashish maqsadida zamonaviy turdagi uchta mini futbol maydonini qurdirdi. Buning uchun u rahbarlik qilayotgan “Onhayat tomorqa servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatga “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi taqdim etgan 500 million so‘mlik kredit qo‘l keldi. Hozirda mazkur o‘yingohlarga har kuni yuzga yaqin yoshlar kelib, sport bilan band bo‘ladi.

Chortoqlik Bekzod Turg‘unov Namangan viloyatidagi ko‘zga ko‘ringan o‘quv markazlaridan birining asoschisi. U “Stenfort” nodavlat ta’lim muassasasining beshta filialini ochib, to‘rt mingdan ortiq tinglovchilarni o‘qitdi. Filiallarda 100 nafardan ortiq yosh ish bilan ta’minlangan. Yevropa va Osiyoning beshta davlati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor kam ta’minlangan oilalar vakillari uchun o‘z hisobidan 800 million so‘mlik grant joriy etgan. Markazda tahsil olgan shogirdlari ayni vaqtda AQSH, Angliya, Yaponiya, Koreya, Singapur kabi davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalar talabalari hisoblanadi.

– Izlanaman, intilaman, ilm olaman, tadbirkor bo‘laman, degan har qaysi yoshga davlatimiz tomonidan barcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar muhayyo etilgani bizlarni behad quvontiradi, – deydi Yangi Namangan tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor, “Javhari Mastona” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Ziyodaxon Umarova. – Namangan davlat universitetini pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha tamomlab, tadbirkorlikni boshladim. Buning uchun “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi ko‘magida taqdim qilingan 500 million so‘mlik imtiyozli kredit tufayli xususiy bog‘chaga asos soldik. Buning natijasida to‘qqizta ish o‘rni yaratib, 150 nafar bolani maktabgacha ta’limga qamrab oldik. Zamonaviy turdagi vositalar bilan jihozlangan nodavlat muassasasi viloyatimiz hududida logoped mutaxassisiga ega bo‘lgan kam sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti ekanligi diqqatga sazovor. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yosh tadbirkorlarning mamlakat rivojida o‘rni beqiyos